Buxoro davlat tibbiyot instituti

Buxoro viloyatida joylashgan, tibbiyot yoʻnalishida malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan Buxoro davlat tibbiyot instituti 1990-yilda tashkil etilgan.
Oliygohda 8 000 dan ortiq talaba tibbiyotning 4 ta yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmoqda. Ularga 8 ta fakultet doirasida 400 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar, jumladan 20 nafar fan doktori, 10 nafar professor, 107 nafar fan nomzodi va dotsentlar taʼlim bermoqda. Buxoro davlat tibbiyot instituti 160 dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasasi, ilmiy markaz va tadqiqot-institutlari bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Ular qatorida Rossiyaning Qozon, Rostov hamda Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetlari, Avstriyaning Vena tibbiyot universiteti, AQSHʼning Binghamton hamda Depaul universitetlari, Germaniyaning Frankfurt amaliy fanlar universiteti hamda Brandenburg tibbiyot maktabi kabi jahonga mashhur taʼlim dargohlarini koʻrishimiz mumkin. Institut Erasmus+, “NMIS terapiya va tibbiy profilaktikasi”, Mode Hed hamda CHILDCA loyihalar doirasida amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bugungi kunda Buxoro davlat tibbiyot universiteti Oʻrta Osiyo oliy taʼlim dargohlari reytinggida 95-oʻrinni egallab turibdi. Oliygoh qoshida Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi ham faoliyat koʻrsatadi.

1990
8000
Buxoro sh, Navoiy shoh ko‘chasi, 1- uy, pochta indeksi: 200118