Buxoro davlat universiteti

Ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlaydigan Buxoro davlat universiteti Buxoro pedagogika instituti(1930) negizida 1992-yilda oʻz faoliyatini boshladi. Oliygohda 23 ta yoʻnalish mavjud boʻlib, 11 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitet qoshida Buxoro davlat universiteti akademik litseyi faoliyat yuritadi. Buxoro davlat universiteti hozirga qadar 128 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan shartnoma va memorandumlar imzolangan. Jumladan, bu roʻyxatda Fukuoka tadqiqot markazi (Yaponiya), Akvila, Piza va Paduya universitetlari (Italiya), Yongsan universiteti (Janubiy Koreya), Kaliforniya davlat universiteti (AQSh) kabi mashhur oliygohlarni koʻrishimiz mumkin.

1930
25000
Buxoro sh, Muhammad Iqbol ko‘chasi, 11-uy.