Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

1958-yilda Toshkent politexnika institutining sirtqi, umumiy mexanika fakulteti sifatida tashkil etilgan – Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 2013-yilga kelib, hozirgi maqomiga erishdi. Bugungi kunda muassasada 12 000 dan ortiq talaba 37 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmoqda. Ularga 450 dan ortiq professor-oʻqituvchilar, jumladan 12 nafar fan doktori, oʻzbek hamda rus tillarida taʼlim bermoqda. Institut qoshida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti texnikumi faoliyat koʻrsatmoqda. Hozirda oliygohdagi barcha oʻquv-laboratoriya xonalari optik tolali internet tarmogʻiga ulangan. Bundan tashqari institut chet el korxonalari bilan xalqaro shartnomalarni ham yoʻlga qoʻygan. Xususan, Germaniyaning GIZ tashkiloti yordamida oʻquv xonalar 17 000 yevro qiymatidagi oʻquv-laboratoriya majmuasi bilan taʼminlandi. Oʻtgan yillar davomida institut oʻquv majmuasi 1 750 nomdagi 4 800 nusxadan ortiq yangi kitoblar bilan boyitildi.

2013
12000
Buxoro sh, Qayum Murtazoyev koʻchasi, 15-uy, pochta indeksi: 200117