Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti 2010-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali sifatida oʻz faoliyatini boshlagan.
Oliygohda 5 000 ga yaqin talaba 14 ta taʼlim yoʻnalishida tahsil olmoqda. Professor-oʻqituvchilar hamda talabalar uchun 12 600 dan ziyod kitob jamlangan, zamonaviy axborot-resurs markazi tashkil etilgan. Elektron katalogdan foydalanish maqsadida uzluksiz internet tarmogʻiga ulangan axborot-resurs markazida IRBIS hamda ARMAT dasturlari mavjud. Bugungi kunga qadar oliygoh 13 ta xorijiy mamlakatlardagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomasini yoʻlga qoʻydi. Xususan, Xorvatiyaning Zagreb universiteti bilan hamkorlikda “Purkab sugʻorish va tomchilab sugʻorish” hamda “Toza suvda noorganik moddalarni zooplankton sifatida oʻrganish” mavzusida ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda

2010
4800
Buxoro sh, Gazli shoh ko‘chasi, 32-uy.