Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼIumotli pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Chirchiq davlat pedagogika universitetiga 2017-yilda asos solingan.
Universitetning 30 ta taʼlim yoʻnalishida 6 000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Oliygohda bakalavriat, magistratura, aspirantura hamda doktorantura bosqichlari mavjud. Chirchiq davlat pedagogika universiteti ilmiy faoliyati doirasida “Markaziy Osiyo geografik jurnali” hamda “Zamonaviy biologiya va genetika jurnali” ga mualliflik qiladi. Shuningdek, 100 ga yaqin yoʻnalishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. “Mening innovatsion gʻoyam” tanlovi orqali talabalarga oʻz iqtidorini namoyish etish imkoniyati berilgan. Institut Rossiya va Qozogʻiston Respublikasida joylashgan oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqasini оʻrnatgan bо‘lib, talaba va professor-о‘qituvchilar almashinuv dasturi yoʻlga qoʻyilgan. Oliygoh qoshida Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi faoliyat olib boradi.

2017
6000
Chirchiq sh, Amir Temur koʻchasi, 104-uy.