Farg‘ona davlat universiteti

Fargʻona davlat universiteti 1991-yilda Fargʻona shahridagi Pedagogika institut (1930) negizida tashkil etilgan. Oliygohning 43 ta taʼlim yoʻnalishida 10 000 dan ortiq mutaxassislar tayyorlanmoqda. Ularga 600 dan ortiq professor-oʻqituvchilar taʼlim bermoqda. Universitetida 30 ga yaqin ilmiy-tadqiqot yoʻnalishi bilan talabalar faol shugʻullanmoqda. Fargʻona davlat instituti 60 ga yaqin xalqaro universitetlar bilan hamkorlik va memorandum shartnomasiga ega. Bu roʻyxatda Chexiyaning Karlov universiteti, Koreyaning Chonnam, Latviyaning Isma, Germaniyaning Leypsig hamda Myunster universitetlarini koʻrish mumkin. Talabalar uchun xalqaro akademik almashuv dasturi doirasida xorijdagi hamkor oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olish imkoni yaratilgan. Shu bilan birga universiteti oliy taʼlim sohasidagi Erasmus+, “American Councils”, USAID, “British Council” DAAD, JICA, KOICA kabi fond va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik asosida ilmiy faoliyat yuritmoqda. Fargʻona davlat universiteti qoshida akademik litsey ham faoliyat yuritadi.

1930
10000
Fargʻona sh, Murabbiylar koʻchasi 19.