
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
Tibbiyot yoʻnalishida malakali shifokorlar tayyorlashni maqsad qilgan Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 1992-yilda “Tibbiyot markazi” sifatida faoliyatini boshlagan. 2020-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali negizida qayta tashkil etildi.
Institutda 3 000 dan ortiq talaba 8 ta taʼlim yoʻnalishida taʼlim olmoqda. Ularga 147 nafar professor-oʻqituvchi taʼlim bermoqda. Oliygoh 37 000 dan ortiq nashrga ega boʻlgan 2 ta zamonaviy axborot-resurs markaziga, oʻzining ilmiy jurnali va gazetasiga, 3 ta diagnostika markaziga hamda 6 ta ilmiy laboratoriyasiga ega. Institutning Hindiston, Pokiston, AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya va Turkiya davlatlarida joylashgan oliy taʼlim muassasa va tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomasi mavjud. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti qoshida akademik litsey ham faoliyat yuritadi.

