Farg‘ona politexnika instituti

Xalq xoʻjaligi hamda iqtisod sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan Fargʻona politexnika instituti 1967-yilda tashkil etilgan. Institutning 35 ta taʼlim yoʻnalishida 15 000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Fargʻona politexnika instituti fargʻona vodiysidagi yirik oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, 600 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar jamoasi shakllantirilgan. Ulardan 31 nafari fan doktori, 17 nafari fan nomzodi. Talabalar ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 332 000 dan ortiq kitob fondiga ega axborot-resurs markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Bugungi kunda ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish sohasida 17 ta markaz barpo etilgan. Fargʻona politexnika instituti jahonning rivojlangan 110 dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasasi va 20 ta xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini yoʻlga qoʻygan. Xususan, AQSh, Italiya, Koreya, Germaniya, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya hamda Latviya kabi davlatlardagi tajribali va malakali professorlar institutga taklif etilmoqda. Shu bilan birga, oliygohning 3 ta universitet bilan qoʻshma taʼlim dasturi doirasida hamkorlik shartnomasi mavjud. Institut qoshida Fargʻona politexnika instituti texnikumi faoliyat koʻrsatadi.

1967
14476
Farg‘ona sh, Farg‘ona ko‘chasi, 86-uy.