
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Farmatsevtika sohasida malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti 2021-yilda tashkil etilgan.
Institutning “Farmatsiya”, “Sanoat farmatsiyasi”, “Davolash ishi” hamda “Tibbiy profilaktika ishi” taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlib, oʻquv jarayoni oʻzbek va rus tillarida olib boriladi. Oliygohda fizik-kimyoviy tahlil, farmakologik-toksikologik analiz, mikrobiologik oʻrganish ishi hamda dori shakllari tahlili laboratoriyalari va fondi 881 ta nodir adabiyotga ega axborot-resurs markazi faoliyat koʻrsatmoqda. Bugungi kunda Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti jahonning eng nomdor farmatsevtika taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan, Xitoyning Xitoy davlat farmatsevtika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Hamkorlik natijasida 2+2 qoʻshma taʼlim dasturini ishlab chiqish koʻzda tutilgan. Shuningdek, institut oʻquv yili davomida talabalarga oʻquv amaliyotini akkreditatsiyalangan innovatsion markaz, tahlil laboratoriyasi hamda GXP amaliyotiga ega zamonaviy farmatsevtik korxona va dorixona muassasalarida oʻtashiga koʻmak beradi.

