
Farmatsevtika texnik universiteti
Ilm-fan va texnologiya integratsiyalashgan taʼlimga asoslangan Farmatsevtika texnik universiteti 2022-yilda tashkil etilgan.
Oliygohda biokimyo, biotibbiyot hamda farmatsevtika yoʻnalishlari boʻyicha Buyuk Britaniyaning Sunderland va De Montfort universitetlari bilan hamkorlikda farmatsevtika va tabiiy fanlar boʻyicha Britaniya oliy taʼlim dasturlarini taklif etadi. Shuningdek, universitetda Sunderland oliygohining farmatsevtika va biologik fanlari umumtaʼlim kursi, De Montfort universitetining tabiiy fanlar umumtaʼlim kurslari mavjud. Oʻquv jarayoni xalqaro malakali va ilmiy tajribaga ega professor-oʻqituvchilar tomonidan toʻliq ingliz tilida umumeʼtirof etilgan Britaniya standartlariga muvofiq olib boriladi. Farmatsevtika texnik universiteti bitiruvchilari Buyuk Britaniyaning Sunderland yoki De Montfort universitetining diplomiga ega boʻladi. Yuqori bilim salohiyatini namoyon qilgan 40 nafar universitet talabasi toʻliq grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega.

