Geologiya fanlari universiteti

Geologiya sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan Geologiya fanlari universiteti (GFU) 2020-yilda tashkil etilgan.
Oliygohning 6 ta taʼlim yoʻnalishida bakalavr, 4 ta taʼlim yoʻnalishining magistratura bosqichida esa 1 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitetda 55 000 dan ziyod nodir adabiyotga ega axborot-resurs markazi, geoinnovatsion texnologiyalar markazi hamda ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat olib bormoqda. Geologiya fanlari universiteti Rossiyaning Tomsk davlat universiteti, Novosibirsk davlat universiteti, Ural davlat konchilik universiteti, Rossiya davlat geologiya qidiruv universiteti, Qozon davlat universiteti, shuningdek, Italiyaning Piza universiteti, Germaniyaning Frayberg konchilik akademiyasi, Yaponiyaning AKITA universiteti hamda bir qancha xorijiy markazlar bilan hamkorlik va memorandum shartnomasiga ega. Jumladan, Rossiyaning Tomsk davlat universiteti bilan 1+1 shaklida magistratura taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

2020
1100
Toshkent sh, Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi, 64-uy.