Guliston davlat universiteti

Guliston davlat universiteti 1992-yilda Sirdaryo davlat pedagogika instituti (1966) qoshida tashkil etilgan. Universitetning 60 dan ortiq taʼlim yoʻnalishida 5 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitetda biznes maktabi, 330 mingdan ortiq kitobga ega kutubxona, Xoʻjamushkent oʻquv-dala amaliyot bazasi, Navbahor oʻquv-tajriba uchastkasi mavjud. Oliygoh tasarrufida 2 ta akademik litsey, malaka oshirish instituti va bosmaxona faoliyat koʻrsatadi. Oliy taʼlim muassasasi 10 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning ilmiy markaz hamda oliy oʻquv yurtlari bilan xalqaro hamkorlik shartnomalariga ega. Soros, Adenauer, “Ustoz”, “Umid”, “Aksele”, “Taʼsis” kabi xalqaro jamgʻarmalar shular jumlasidandir. 2023-yilda bunday hamkorlik shartnomalari yanada kengaymoqda, xususan Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan ham yangi kelishuvlar amalga oshirilmoqda.

1966
5000
Sirdaryo v, Guliston shahri, 4- mitti tumani.