I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali

Respublikada neft-gaz va neft-gaz kimyo sanoatida yuqori salohiyatli kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz Milliy tadqiqot universitetining Toshkent filiali 2007-yilda tashkil etilgan.
Oliygohning 3 ta taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlib, unda 1 000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Ularga 45 nafar mahalliy professor-oʻqituvchilar, jumladan, 4 nafar fan doktori hamda 15 nafar fan nomzodi taʼlim bermoqda. Universitet zamonaviy axborot-resurs markazi bilan taʼminlangan boʻlib, jami 50 000 nusxadan iborat kutubxona jamgʻarmasiga ega. Shuningdek, axborot-resurs markazida MARC-SQL avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi oʻrnatilgan. I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali hamda Hindistonning Pandit Dindeyl universiteti oʻrtasida memorandum mavjud. Shuningdek, universitetning Eriell GmbH, Uzliti Engineering, Lukoil uzbekistan operating Company hamda Tataristonning Tatneft kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan.

2007
1000
Toshkent sh, Mirzo Ulugʻbek t, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 34-uy.