International School of Finance Technology and Science
Respublikadagi eng ilgʻor innovatsion oʻquv yurtlaridan biri – ISFT (International school of finance and technology) universiteti 2016-yilda tashkil etilgan.
Oliygohning raqamli iqtisodiyot hamda axborot tizimi va texnologiyalari sohasi doirasida 9 ta taʼlim yoʻnalishida talabalarga taʼlim beriladi. ISFT oʻzbek, rus va ingliz tillarida bakalavriat dasturlari hamda sirtqi taʼlim shaklini taklif etadi. Shu bilan birga, oliygohda talabalar uchun taʼlim grantlari mavjud boʻlib, Accurate Value tashkiloti 2 ta, Summus Finis va Opal education 3 ta, Marque Auditing esa 4 ta grantni taqdim etadi.

