Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali oʻtgan asrda Toshkent davlat texnika universitetida kon-metallurgiya fakulteti sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. 2017-yilda prezident farmoniga asosan, Toshkent viloyatida ishlab chiqarish va sanoatni rivojlantirish uchun Olmaliq shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi.
Filialda 7 ta taʼlim yoʻnalishida 1000 dan ortiq talabaga malakali professorlar bilim berib kelmoqda. Oʻtgan yillar davomida 8 nafarga yaqin professor oʻqituvchilar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻldi. Oliygoh tashkil etilganidan soʻng Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Belorussiya va Rossiya davlatlari yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Universitetning 10 ga yaqin ilmiy xodimi oʻtgan yillar davomida yuqoridagi chet davlat oliygohlarida malaka oshirib qaytdi. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali qoshida Toshkent davlat texnika universiteti akademik litseyi faoliyat olib boradi.