Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialiga 2018-yilda asos solingan boʻlib, hozirda uning 5 ta taʼlim yoʻnalishida mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitetning asosiy maqsadi, muhandislik texnologiyasi, geologiya, texnika sohalarida yetuk mutaxassislar tayyorlashdir. Bunga qoʻshimcha ravishda oliygohga texnologik mashina va jihozlar, elektron apparaturalar, ishlab chiqarish texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Oʻquv sifatini oshirish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida bir qator xorijiy oliy taʼlim muassasalar bilan shartnoma imzolangan. Yosh mutaxassislar bilimini oshirish uchun xorijiy oliygohlarga magistratura va doktarantura bosqichida tahsil olish uchun joʻnatilmoqda. Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filliali Oʻrta Osiyo oliy taʼlim muassasalari reytingida 29-oʻrindan joy olgan.