IT-Park University

Axborot texnologiyalari sohasida yuqori sifatli, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim berish uchun ixtisoslashgan IT Park University 2022-yilda tashkil etilgan.
Universitet Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi IT Park va xalqaro EPAM IT kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, 500 nafarga yaqin talaba IT sohasining 3 ta yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqda. Universitet talabalar istalgan vaqtda, mamlakatning istalgan nuqtasidan turib ta’lim olishi uchun masofaviy ta’lim shakliga alohida urg‘u qaratgan. Oliygoh chet elning nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari hamda memorandumlar imzolagan. Xususan, 1-kurs talabalari uchun Polsha hamda Litvadagi EPAM ofisi bilan hamkorlikda Yevropada amaliyot o‘tash imkoniyati yaratildi. Shuningdek, IT Park universitetida talabalar uchun UpSkill Beginner, UpSkill Pro hamda IT English kurslari mavjud.

2022
500
Toshkent sh, Muminova ko‘chasi, 4-A uy.