Jizzax davlat pedagogika universiteti

Jizzax davlat pedagogika universiteti 1974-yilda tashkil etilgan. Universitetga 1989-yilda Abdulla Qodiriy nomi berilgan.
Hozirda oliygohda 13 ta fakultet hamda 41 ta kafedra mavjud. Bakalavriat hamda magistratura mutaxassisligi boʻyicha 19 000 dan ortiq talabaga 850 nafar professor-oʻqituvchilar taʼlim bermoqda. Jizzax davlat pedagogika universiteti Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston hamda Hindistonda joylashgan bir nechta oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Shuningdek, universitet Yevropaning Erasmus+ va Koreyaning xalqaro hamkorlik boʻyicha agentligi “KOICA” bilan 2 ta loyihani amalga oshirmoqda. Jizzax davlat pedagoigika universiteti Belorussiyaning Baranovich universiteti bilan “2+2”, Belorussiya davlat pedagogika universiteti bilan “3+1” koʻrinishidagi qoʻshma taʼlim dasturiga ega. Bugungi kunda universitet qoshida 1 ta akademik litsey hamda 2 ta texnikum faoliyat koʻrsatmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti shtab-kvartirasida “Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurash” idorasi mutaxassisi Umidjon Raxmonberdiyev Jizzax davlat pedagogika universiteti faxriy bitiruvchisi hisoblanadi.

1974
19273
Jizzax sh, Sharof Rashidov ko'chasi, 4-uy, pochta indeksi: 130100