Jizzax politexnika instituti

Jizzax politexnika universiteti 1992-yilda Toshkent arxitektura va qurilish instituti Jizzax filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Jizzax filiali va Toshkent avtomobil yoʻllari instituti Jizzax filiali negizida tashkil etilgan. Universitetda 10 000 dan ortiq talaba 35 ta taʼlim yoʻnalishida tahsil olmoqda. Oliygohdagi 43 ta auditoriya-laboratoriya xonalari 120 mln soʻmdan ortiq mablagʻ evaziga eng soʻnggi jihozlar bilan taʼminlangan. Elektroenergetika kafedrasi ASKUE (elektr energiyasi tijorat hisobining avtomatlashtirilgan tizimi) qurilmasi, shamol va quyosh fotoelektr stansiyasi bilan jihozlangan. Oliygohda 2 ta “Suv—10” markadagi geliosovutgich qurilmasi hamda bitta mikro GES mavjud. Jizzax politexnika universiteti Angliyaning Birmingem universiteti bilan “Avtomobil yoʻllari hamda avtomagistral yoʻnalishlar” boʻyicha oʻquv rejasini va Shvetsiya Qirollik universiteti bilan hamkorlikda Tempus dasturini amalga oshirmoqda. Universitet qoshida texnikum faoliyat koʻrsatadi.

1992
10000
Jizzax shahri, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 4-uy.