
Kimyo International University in Tashkent
Toshkent kimyo xalqaro universiteti ilk bora Yodju texnika instituti nomi bilan 2018-yilda tashkil etilgan.
Hozirgi kunda universitetning 18 ta taʼlim yoʻnalishida bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda. Ularga Janubiy Koreya, АQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Malayziya kabi xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitet bitiruvchilari boʻlgan xalqaro va mahalliy professorlar taʼlim bermoqda. Universitet umumiy fondi 25 504 nusxa adabiyotni tashkil etadigan axborot-resurs hamda innovatsion markazga ega. Toshkent kimyo xalqaro universiteti Koreyaning Hanyang, Chosun, Daegu, Gachon, Dongshin va bir qancha boshqa oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Shuningdek, Norvich til markazi, Amerikaning Ruzvelt universiteti hamda Florida universiteti bilan ham oʻzaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Oliygoh tarkibida Namangan va Samarqandda joylashgan filiallar faoliyat olib boradi.

