
Maʼmun nomidagi jahon tillari instituti
Maʼmun universiteti oʻz faoliyatini 2022-yilda boshlagan boʻlib, bugungi kunda 4 000 dan ortiq talabaga taʼlim bermoqda. Oliygohda “Iqtisodiyot”, “Buxgalteriya hisobi va auditi”, “Tarix” hamda “Psixologiya” kabi taʼlim yoʻnalishlari mavjud. Dars mashgʻulotlarini 80 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar, jumladan, 19 nafar ilmiy darajali mutaxassislar olib bormoqda. Oliygoh bir qancha oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomasini imzolagan boʻlib, ular qatorida Belorussiya milliy texnika universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy nomli Oʻzbekiston-Xitoy instituti hamda Belorussiyaning Vitebsk davlat universitetini koʻrish mumkin.

