
Milliy rassomlik va dizayn instituti
Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti 1997-yilda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti rassomlik fakulteti negizida tashkil etilgan.
Hozirda institut talabalarining umumiy soni 2 305 nafarni tashkil etadi. Ular 25 ta taʼlim yoʻnalishida 300 dan ortiq professor-oʻqituvchilardan taʼlim olmoqda. Oliygoh Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Latviya, Rossiya kabi dunyoning rivojlangan mamlakatlarida joylashgan oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik va memorandum shartnomalariga ega. 2018-yildan buyon institutda Tailanddagi Channapatana Xalqaro dizayn instituti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturi asosida “Dizayn—interyerni loyihalash” hamda “Dizayn—Libos va gazlamalar” taʼlim yoʻnalishlari, 2019-yildan buyon Janubiy Koreya Respublikasi Kemyon universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturi asosida “Dizayn—Libos va gazlamalar” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Oliygoh qoshida “Ustoz shogird”, “Yosh olimlar” maktablari, “Mening innovatsion gʻoyam” kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Milliy rassomlik va dizayn instituti qoshida akademik litsey faoliyat olib boradi. Bugungi kunda oliygoh Oʻrta Osiyo taʼlim muassasalari reytinggida 1000-oʻrinni band etgan.

