Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filliali 2019-yilda oʻz faoliyatini boshlagan. Universitetning asosiy maqsadi taʼlim tarbiya jarayonini psixologik qoʻllab quvvatlash, soha mutaxassislarining psixologik bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish hamda yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlashdir. Hozirda universitetda psixologiya va amaliy matematika fakultetlar negizida tashkil etilgan psixologiya, oʻzbek tili va adbiyoti, xorijiy tillar, ijtimoiy fanlar, amaliy matematika, iqtisodiyot, kompyuter ilmlari va dasturlash va biotexnologiya kafedralari faoliyat olib boradi. Oliygohda 2 mingdan ortiq talabaga 70 dan ortiq malakali professor oʻqituvchilar taʼlim berishmoqda. Fillialda 12 ta taʼlim yoʻnalishida bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda. Universitet xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan boʻlib, Rossiyaning Qozon federal universiteti bilan hamkorlikda 3+1 qoʻshma taʼlim dasturi shular jumlasidandir. Qoʻshma dastur boʻyicha “Psixologiya” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda.