Namangan muhandislik-qurilish instituti

Namangan muhandislik-qurilish instituti (NamMQI) 1991-yilda Toshkent mashinasozlik instituti Namangan filiali hamda Namangan sanoat-texnologiya instituti negizida tashkil etilgan. Institutda 6 ta fakultet, 23 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Ularda 4 000 dan ortiq talaba oʻzbek hamda rus tillarida tahsil olmoqda. Oliygoh qoshida Janubiy Koreya davlarti krediti hisobiga jihozlangan Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunga qadar institut mutaxassislari tomonidan 19 ta taʼlim beruvchi kompyuter dasturi hamda 250 dan ziyod multimedia tizimi yaratildi. Oliygoh kutubxonasida 223 000 dan ortiq kitoblar saqlanib, ulardan 106 000 ga yaqini oʻquv adabiyotlari hisoblanadi. Namangan muhandislik-qurilish instituti Angliya, AQSH, Shvetsiya, Kanada, Janubiy Koreya, Malayziya, Yaponiya, Rossiya kabi davlatlarda joylashgan 10 dan ortiq nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalariga ega. Hozirda institutda 2 ta fundamental va 2 ta amaliy loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Ularga umumiy 325 mln soʻm grant yoʻnaltirilgan.

1991
4516
Namangan sh, Do‘stlik shoh ko‘chasi, 12-uy, pochta indeksi: 160103