Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Fargʻona vodiysida toʻqimachilik va yengil sanoat sohasini rivojlantirish ehtiyoji sababli 1968-yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutiga asos solindi. Uning tarixi Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti bilan chambarchas bogʻliq.
Institutning 25 ta taʼlim yoʻnalishida 7 000 dan ortiq talabaga oʻzbek hamda rus tillarida taʼlim berilmoqda. Oliygoh Namangan muhandislik-texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Bundan tashqari, Institutning bir qancha rivojlangan mamlakatlar oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma dastur va hamkorlik shartnomalari mavjud. Xususan, 2018-yilda Saratov davlat texnika universiteti bilan birgalikda qoʻshma fakultet tashkil etilgan. Ushbu qoʻshma fakultetda 3 yoʻnalishda bakalavr kadrlar tayyorlanmoqda. Namangan muhandislik-texnologiya institutida 6 ta ilmiy tadqiqot laboratoriyasi, gulchilik hamda innovatsion texnologiyalar markazi faoliyat olib bormoqda.

1968
7988
Namangan sh, Kosonsoy koʻchasi, 7-uy, pochta indeksi: 160115