Nukus davlat pedagogika instituti

Pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Nukus davlat pedagogika instituti 1934-yilda tashkil etilgan. 1991-yilda oliygoh hozirgi Nukus davlat pedagogika instituti nomi bilan qayta tiklandi.
Bugungi kunda oliy taʼlim muassasasining 21 ta taʼlim yoʻnalishida 10 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Institutda 9 ta fakultet hamda 1 ta magistratura boʻlimi mavjud. Oliygoh 13 ta zamonaviy laboratoriya, 3 ta lingafon kabinet, 24 ta kompyuter sinfi, bosmaxona, 2 ta elektron kutubxona, 3 ta kutubxona va 2 ta ansamblga ega. Nukus davlat pedagogika instituti Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Buyuk Britaniya, Turkiya hamda Belorussiyada joylashgan 24 ta oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Shuningdek, bir qancha universitetlar bilan birgalikda “Magnet” hamda “RUECVET” loyihalari amalga oshirilmoqda. Jumladan, institut qoshida Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi ham faoliyat yuritadi. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov Nukus davlat pedagogika instituti faxriy bitiruvchisi hisoblanadi.

1934
10242
Nukus sh, Do‘snazarov koʻchasi, 104-uy, pochta indeksi: 230105