
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Respublikada sport boʻyicha yuqori malakali mutaxassis murabbiylar tayyorlashga ixtisoslashgan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 1955-yilda tashkil etilgan.
Universitetda 9 ta bakalavriat va 8 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud boʻlib, 14 000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet ilmiy salohiyati 32,8 foizni tashkil etadi. Oliygohda 18 nafar fan doktori hamda 264 nafar mustaqil tadqiqotchi faoliyat yuritadi. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda 2 ta fundamental, inno vatsion amaliy loyiha amalga oshirilgan boʻlib, ularning umumiy bahosi 950 mln soʻmni tashkil etadi. Universitet qoshida 170 000 asar jamgʻarmasiga ega kutubxona, Oʻzbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti akademik litseyi, ixtisoslashgan ilmiy kengash hamda “Fan sportga” ilmiy jurnali faoliyat yuritmoqda. Universitetda tahsil olgan: Sobir Roʻziyev, Rufat Risqiyev, Lina Cheryazo va, Artur Grigoryan, Oksana Chusovitina, Mirjalol Qosimov, Rustam Saidov kabi sportchilar Jahon chempionati, Olimpiada va Osiyo oʻyinlarida chempion boʻlgan.

