Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

Markaziy Osiyodagi eng qadimiy oliy musiqa taʼlim muassasasi hisoblangan Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi 1936-yilda tashkil etilgan.
Konservatoriyaning 24 ta taʼlim yoʻnalishida 1 800 dan ortiq talaba oʻzbek hamda rus tillarida tahsil olmoqda. Oliygohda raqamli texnologiyalar markazi, zamonaviy axborot-resurs markazi faoliyat olib boradi. Shuningdek, konservatoriya oʻzining xor jamoasi, “Milliy cholgʻular” muzeyi, “Musiqa nashriyoti” hamda ovoz yozish studiyasiga ega. Konservatoriya jamoasi yiliga 300 dan ortiq konsert oʻtkazadi. Ushbu jarayonga 38 nafar Oʻzbekiston xalq artisti, 80 dan ziyod xalqaro va respublika tanlov laureatlari oʻz hissasini qoʻshmoqda. Oliy taʼlim muassasasi qoshida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi akademik litseyi faoliyat olib boradi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Oʻrta Osiyo oliy taʼlim muassasalari reytinggida 4537-oʻrinda qayd etilgan.

1936
1800
Toshkent sh, Shayhontoxur tumani, Olmazor ko‘chasi, 1-uy.