Oʻzbekiston-Koreya xalqaro universiteti

Oʻz oldiga “Yangi ijodkor ziyolilarni tarbiyalash” maqsadini qoʻygan, Koreya taʼlim uslubini oʻzida mujassamlashtirgan – Oʻzbekiston-Koreya xalqaro universiteti 2019-yilda tashkil etilgan.
Universitetning ishlab chiqarish va texnik, ijtimoiy-gumanitar soha tarkibida boʻlgan 13 ta taʼlim yoʻnalishida 2 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Ularga 40 dan ortiq chet ellik professor-oʻqituvchilar hamda 30 dan ortiq chet elda tahsil olgan mahalliy soha mutaxassislari taʼlim bermoqda. Talabalar orasida koreys tilini targʻib qilish maqsadida, Sejong koreys tili markazi, TOPIK hamda koreysshunoslik ilmiy tadqiqot boʻlimlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Universitet axborot-resurs markazida 2 000 dan ortiq kitob, 55 ta qoʻllanma hamda 5 000 dan ziyod badiiy adabiyot mavjud. Koreya xalqaro universiteti Janubiy Koreyaning Songshin, Hansong, Halla, Kvangmun hamda Sojong universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Jumladan, Sonmun universiteti bilan 3+1 qoʻshma dasturi mavjud. Universitet talabalari Janubiy Koreyada joylashgan korxonalarda amaliyot oʻtashi, shuningdek, bitiruvchilar Oʻzbekiston yoki Koreyada joylashgan qoʻshma korxonalarda ishga joylashishi mumkin.

2019
2100
Fargʻona sh, Alisher Navoiy koʻchasi, 55/3-uy.