Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut

Soliq va soliqqa tortish sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassis va ilmiy kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut 2020-yilda tashkil etilgan.
Institutda talabalarga 3 yildan kam boʻlmagan kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki taʼlim shakllari taklif etiladi. Boʻlajak talabalar “Soliq va soliqqa tortish”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Raqamli iqtisodiyot”, “Ma’lumotlar ilmi (Data Science)” hamda “Xalqaro soliqqa tortish” yoʻnalishlaridan birini tanlashi mumkin. Hozirgi kunda oliygohda 1 000 ga yaqin talaba oʻzbek hamda rus tillarida tahsil olmoqda. Shuningdek, ularga malaka oshirish, qayta tayyorlash, ikkinchi taʼlim hamda pullik taʼlim xizmatlari taklif etiladi. Fiskal institut Rossiya Federatsiyasining Moliya universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan boʻlib, “Xalqaro soliqqa tortish” bakalavriat taʼlim yoʻnalishida, “Xalqaro soliqni rejalashtirish” magistratura mutaxassisligida qoʻshma taʼlim dasturlari mavjud.

2001
1000
Toshkent sh, Kichik halqa yo‘li, 3-uy.