
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi 2018-yilda Toshkent islom universiteti va Oʻzbekiston islom akademiyasi negizida tashkil etildi.
Bugungi kunga kelib oliygohda 2 000 dan ortiq talaba 14 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmoqda. Akademiya 20 000 dan ortiq kitob bilan boyitilgan zamonaviy kutubxona, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar uchun moʻljallangan “Islomshunoslik” ilmiy-tadqiqot markazi hamda “Islom sivilizatsiyasini oʻrganish” markaziga ega. Shuningdek, oliy taʼlim muassasasi qoshida akademik litsey hamda “Ziyo-zukko” taʼlim maskani faoliyat yuritmoqda. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Manbalar xazinasi” boʻlimi faoliyat yuritib, unda 500 nusxaga yaqin qoʻlyozma, 1 500 nusxaga yaqin toshbosma va 10 000 namunadan ortiq zamonaviy kitoblar nashri saqlanadi. Akademiya Misr Arab Respublikasining Al-Azhar, Turkiyaning Anqara, Indoneziyaning Sahid, Saudiya Arabistonining Islom tadqiqot va taʼlim instituti kabi 22 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik shartnomasi hamda memorandumlar imzolagan.

