O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti

Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti 2020-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari negizida tashkil etilgan.
Oliygohda oʻzbek milliy musiqa sanʼati va professional taʼlim fakultetlari doirasida 7 ta taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlib, ularda 600 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Institutda oʻzbek maqomi tarixi va nazariyasi, vokal va cholgʻu ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash, maqom xonandaligi, doston ijrochiligi, maqom cholgʻu ijrochiligi, oʻzbek adabiyoti, tillar va gumanitar fanlar hamda kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano kafedralari faoliyat olib boradi. Oliy taʼlim muassasasi qoshida Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti akademik litseyi ham mavjud.

2020
600
Toshkent sh, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 31-uy.