Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU) 1949-yilda oʻz faoliyatini Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan boshlagan. 1992-yil 15-iyunda Toshkent davlat chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti negizida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tashkil etildi.


Universitet 15 ta taʼlim yoʻnalishida bakalavr, 13 ta taʼlim yoʻnalishida magistrlik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet talabalari 20 ga yaqin xorijiy tilni jahon standartlari asosida oʻrganmoqda. Oliy taʼlim muassasasida oʻqitish oʻzbek hamda rus tillarida olib boriladi. Bugungi kunda universitet jahonning 60 dan ziyod nufuzli taʼlim dargohi bilan hamkorlik shartnomasiga ega boʻlib, bu universitetlar roʻyxatida AQSh, Fransiya, Germaniya va Rossiya kabi davlatlar oliy taʼlim muassasalarining mavjudligi eʼtiborga molik. Xususan, 2018-yili AQShning Vebster universiteti bilan imzolangan kelishuv asosida bir yillik magistratura akademik dasturi tashkil etildi. Mazkur magistratura dasturi Markaziy Osiyoda yagona hisoblanib, bu maskanda butun dunyo yoshlari tahsil olishi mumkin. Hozirgi kunda universitetda 15 dan ortiq xalqaro loyihalar bajarilmoqda va bu loyihalar, shu jumladan, oʻquv sifatini yanada takomillashtirish uchun, dunyoning yetakchi davlatlaridan 100 ga yaqin professor-oʻqituvchi, olim hamda mutaxassislar jalb qilingan. Oliygoh Oʻzbekiston universitetlari miqyosida 26-oʻrinda qayd etilgan. Universitetning akademik litseyi ham faoliyat yuritadi.

1949
12000
Toshkent sh, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2- uy