
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Madaniyat va sanʼat sohasiga aloqador boʻlgan mutaxassisliklar doirasida kadrlar tayyorlaydigan Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti 2012-yilda tashkil etilgan.
Bugungi kunda oliygohda 3 000 ga yaqin talaba 38 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmoqda. Ularga fakultetlar kesimida 240 nafar professor-oʻqituvchi, xususan, 52 nafar fan doktori, 93 nafar fan nomzodi hamda dotsentlar taʼlim bermoqda. Institutda eng yirik axborot-resurs markazi mavjud boʻlib, unda jami 87 000 dan ortiq adabiyot saqlanadi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 15 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat teatr sanʼati akademiyasi, Moskva davlat madaniyat instituti, Qozon davlat madaniyat va sanʼat universiteti, Koreyaning Koreya milliy sanʼat universiteti hamda Induk universiteti bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Oliygohda Erasmus+ dasturi doirasida International credit mobility, Capacity building, UzDOC-2.0 loyihalari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti qoshida akademik litsey faoliyat yuritadi. Institut Oʻrta Osiyo taʼlim muassasalari reytinggida 4000-oʻrinda qayd etilgan.

