Pedagogik taʼlim sifatini oshirish maqsadida tashkil etilgan Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 2022-yilda oʻz faoliyatini boshladi.
Bugungi kunda oliygohda 5 ta fakultet, 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. 17 ta taʼlim yoʻnalishida 7 000 dan ortiq talabaga bilim berilmoqda. Institutda taʼlim jarayoni oʻzbek, rus hamda ingliz tillarida olib boriladi. Qisqa muddat ichida 10 000 dan ortiq nashrga ega boʻlgan axborot resurs markazi tashkil etilgani alohida eʼtiborga loyiqdir. Institutning asosiy xalqaro hamkori Finlandiya davlati hisoblanadi. Oliygohda raqamli taʼlim texnologiya markazi, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiya va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi faoliyat yuritadi. Samarqand viloyatidagi 25 ga yaqin maktab Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga biriktirilgan. Bundan tashqari, institut qoshida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti akademik litseyi ham foliyat yuritmoqda.