PDP University

Respublikadagi toʻlaqonli IT universitet hisoblangan PDP University 2022-yilda tashkil etilgan.
Bir yillik Foundation va uch yillik Undergraduate davrida talabalar 200 dan ortiq mahalliy va xorijiy ustozlardan 9 ta IT sohasi boʻyicha taʼlim oladi. Shuningdek, iqtidorli talabalar 3-kursdan boshlab hamkor kompaniyalarda amaliyot oʻtash, 4-kursni esa chet elda davom ettirish imkoniyatini ham qoʻlga kiritadi. Bugungi kunga qadar 2 000 dan ortiq talaba universitetni tamomlagan boʻlsa, ularning qariyb 90 foizi ishga mu vaffaqiyatli qabul qilingan. Oliygoh mijozlarga raqamli kontent, baholash, malaka va maʼlumotlar bilan xizmat ko‘rsatuvchi taʼlim kompaniyasi — Pearson bilan hamkorlik shartnomasi imzolagan hamda jahon miqiyosida tan olingan Edexcel, BTEC, LCCI va EDI kabi ta’lim brendlarining akademik va kasbiy malakasini taklif qiladi.

2022
Toshkent sh, Sergeli tumani, Yangi Sergeli koʻchasi, 12-uy.