
Profi university
Sifatli, qulay va doimiy ta’limni taklif etuvchi Profi University respublikadagi eng yosh oliygohlardan biri hisoblanadi.
Universitetda 13 ta ta’lim yo‘nalishi, jumladan, “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Bank ishi va auditi”, “Iqtisodiyot”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Turizm”, “Marketing”, IT, ta’lim menejmenti”, “Maktabgacha ta’lim”, “Pedagogika-psixologiya”, “Ingliz tili” kabi yoʻnalishlar mavjud. Oliygoh o‘z talabalariga ingliz tilida C1 darajasiga chiqish, nazariy bilimlar bilan birga amaliyot o‘tash uchun sharoit hamda ta’lim jarayonida respublikadagi yetakchi korxonalarda ishlay olish imkoniyatini yaratmoqda.

