Qarshi davlat universiteti

Qarshi davlat universiteti ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan. U 1992-yilda Qarshi pedagogika instituti negizida tashkil etilgan. Universitetning 8 ta taʼlim yoʻnalishida 20 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Oliy oʻquv muassasasida 500 dan ortiq oʻqituvchi, jumladan, 22 ta fan doktori va professor talabalarga oʻzbek hamda rus tillarida taʼlim bermoqda. Universitet qoshida Qarshi davlat universiteti akademik litseyi faoliyat yuritadi. Oliygohda 16 ta oʻquv-laboratoriya, 5 ta ilmiy-labaratoriya, 8 ta ilmiy markaz va 550 000 dan ortiq asardan iborat kutubxona faoliyat koʻrsatadi. 2005-yildan buyon universitet oʻz bosmaxonasiga ega.

1945
20346
Qarshi sh, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy, pochta indeksi: 180103