Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti 2019-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali sifatida tashkil etilgan.
Bugungi kunda oliygohda 14 ta taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlib, ularda 2 000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Ularga 5 nafar fan doktori hamda professorlar, 27 nafar fan nomzodi, umumiy 105 nafar professor-oʻqituvchlar taʼlim bermoqda. Institutda 4 ta laboratoriya, axborot texnologiyalar markazi, “Ustoz-shogird maktabi”, “Yosh olimlar maktabi” hamda 18 000 dan ortiq kitobga ega boʻlgan axborot-resurs markazi mavjud.

2019
2000
Qarshi sh, Xonobod shoh ko‘chasi, 19-uy.