Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Qarshi muhandislik-iqtisdiyot instituti 1975-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali sifatida ish boshlagan. 1995-yilda Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti va Toshkent Davlat texnika universiteti Qarshi filiali bazasida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etilgan.
Institutda 14 000 dan ortiq talaba 46 ta taʼlim yoʻnalishida tahsil olmoqda. Ularga 570 dan ortiq professor-oʻqituvchilar, xususan, 18 nafar fan doktori hamda professorlar, 120 nafar fan nomzodi va dotsentlar taʼlim bermoqda. Oliygoh qoshida 1 ta akademik litsey, “Axborot texnologiyalar” va “Iqtidorli talabalar” markazi faoliyat koʻrsatmoqda. Bugungi kunda oliy taʼlim muassasasi Ispaniya, Gretsiya, Daniya, Chexiya, Avstriya, Shvetsiya, Italiya, Polsha, Rossiya va Turkiya kabi davlatlarda joylashgan 100 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlik shartnomalariga ega. Institutda ITEM, MechaUZ hamda AIF loyihalari amalga oshirilmoqda.

1975
14753
Qashqadaryo, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 225-uy, pochta indeksi: 180100