
Qo‘qon universiteti
Respublikadagi birinchi nodavlat taʼlim muassasasi hisoblangan Qoʻqon universiteti 2019-yilda tashkil etilgan.
Universitetda 5 000 dan ortiq talaba 9 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmoqda. Ularga 5 nafar fan doktori, 12 nafar professor hamda 100 dan ortiq professor-oʻqituvchilar taʼlim bermoqda. Qoʻqon universiteti Janubiy Koreyaning Vusong universiteti bilan hamkorlikda talabalar almashinuvi hamda 2+2 qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etgan. Bundan tashqari, Vroklav biznes universiteti (Polsha), Antalya bilim universiteti (Turkiya), Olmaota iqtisodiyot va statistika akademiyasi (Qozogʻiston), Jonson va Uels universiteti (AQSh), Hud kolleji (AQSh), Gaja Mada universiteti (Indoneziya), York kolleji (AQSh), Yungbu universiteti, Aju universiteti (Janubiy Koreya) va boshqa koʻplab nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar almashinuv dasturlari va qoʻshma taʼlim loyihasi mavjud. Shuningdek, Qoʻqon universiteti AQSH, Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Indoneziya, Polsha, Qozogʻiston va Chexiya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Xususan, soʻnggi yillarda oliygoh Karabuk universiteti (Turkiya) va Al-Farobiy milliy universiteti (Qozogʻiston) bilan talabalar almashinuvi dasturi toʻgʻrisida shartnoma imzoladi. Oliygoh qoshida Qo‘qon universiteti akademik litseyi faoliyat koʻrsatmoqda.

