
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Respublikadagi eng qadimgi oliygohlardan biri Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1930-yilda tashkil etilgan.
Hozirda universitetda tibbiyotning 7 ta yoʻnalishi boʻyicha 10 000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Ularga 54 ta kafedrada faoliyat yuritayotgan 624 nafar pedagog oʻqituvchi, jumladan, 59 nafar fan doktori, 132 nafardan ortiq fan nomzodi va dotsentlar taʼlim bermoqda. Oliygohda zamonaviy laboratoriya xonalari, Samarqand davlat tibbiyot universiteti muzeyi hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi akademik litsey faoliyat koʻrsatmoqda. Universitet 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, chet el universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu oliy taʼlim muassasalari roʻyxatida Belgiyaning Gent universiteti, Ispaniyaning Ovedo, Portugaliyaning Porto, Janubiy Koreyaning Osiyo tibbiyot universiteti hamda Italiyaning Piza kabi mashhur universitetlarini koʻrish kumkin. Talabalarga qoʻshma taʼlim dasturi doirasida Rossiya Federatsiyasining Pirogov milliy tadqiqot tibbiyot universiteti bilan 3 ta taʼlim yoʻnalishida 3+2 shaklida, Saratov davlat tibbiyot universiteti bilan farmatsiya yoʻnalishida 3+2 shaklida oʻquv dasturlari taklif qilinmoqda. Samarqand davlat tibbiyot universiteti Oʻrta Osiyo taʼlim muassasalari reytinggida 46-oʻrinda qayd etilgan.

