Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Veterinariya va biotexnologiya sohasida professional kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 2018-yilda tashkil etigan.
Oliygohda 35 ta taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlib, 6 ta fakultet faoliyat koʻrsatmoqda. Universitetda 102 nafar fan doktori, 32 nafar professor hamda 1 nafar akademik faoliyat olib bormoqda. Talabalarning umumiy soni 5 000 dan ortiq boʻlib, oʻzbek hamda rus tillarida tahsil olmoqda. Mazkur universitet Portugaliyaning Porto, Rossiyaning Tyumen, Sankt-peterburg davlat agrar universitetlari, Italiyaning Podova, AQShning Michigan, Kornel hamda Yaponiyaning Nippon veterinariya va tabiiy fanlar universitetlari kabi 70 dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda korxonalari bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Universitet qoshida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyi faoliyat koʻrsatmoqda.

1999
5600
Samarqand sh, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 77-uy.