Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 2004-yilda Samarqand kooperativ instituti (1931) negizida tashkil etilgan. Institutda xizmat koʻrsatish sohasi tarmoqlari iqtisodiyoti va uni tashkil etish boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Oliygohning 28 ta taʼlim yoʻnalishida 8 000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Samarqand iqtisodiyot va servis institutida iqtisodiyot, servis hamda bank-moliya xizmatlari fakultetlari mavjud boʻlib, ular doirasida bakalavr va magistrlar oʻqitiladi. Institutda xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, talabalarga Qozon federal universiteti, Vladimir davlat universiteti hamda Polotsk davlat universitetlarida taʼlim olish va ikki tomonlama diplom olish imkoniyati yaratilgan. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi, “Buxgalter” hamda “Globus” oʻquv markazi faoliyat koʻrsatmoqda. Mashhur siyosatchi Mirabror Usmonov institutning faxriy bitiruvchisi hisoblanadi.

1931
7801
Samarqand sh, Amir Temur koʻchasi, 9-uy.