
Stars International University
Respublikadagi yana bir xususiy universitetlardan biri Stars International University oʻz faoliyatini 2021-yilda boshladi.
Bugunga kunga kelib, oliygohning 7 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dasturlar taklif qilinmoqda. Jumladan, “Xalqaro biznes”, “Dizayn va moda sanoati”, “Huquqshunoslik”, “Turizm va kompyuter texnologiyalari”, “Nanotexnologiya” boʻyicha bakalavr taʼlim yoʻnalishlari mavjud. Mahalliy va xorijiy talabalar uchun “Buxgalteriya hisobi va audit” yoʻnalishida oʻquv kurslari tashkil etilgan. Ushbu oliygohning boshqalardan ajralib turadigan jihati jahonning koʻzga koʻringan oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalariga ega ekanidir. Xususan, “Buxgaletriya hisobi va audit” mutaxassisligi bitiruvchilari nafaqat ushbu universitet diplomi, balki Buyuk Britaniya vasiyligidagi NCC Education taqdirlov organi, ACCA Assotsiatsiyasi va Oksford Bruks universiteti tomonidan beriladigan diplomlarga ega boʻladi. Stars International University Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Germaniya, Fransiya va Yaponiya kabi davlatlarning mashhur oliy taʼlim muassasasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Barcha talabalar oliy taʼlim muassasasi qoshidagi Talabalar va bitiruvchilarning global karyera markazi tomonidan tegishli oʻrinlarda ish bilan taʼminlanadi.

