Tashkent International University of Education

Yuqori sifatli taʼlim mutaxasssislarini tayyorlashga yoʻnaltirilgan Toshkent xalqaro taʼlim universiteti (TIUE) 2020-yilda tashkil etilgan.
Oliygoh 4 ta bakalavr yoʻnalishida kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarini taklif etadi. Talabalarning sifatli bilim olishi uchun turli adabiyotlar va 42 ta zamonaviy kompyuter bilan taʼminlangan axborot-resurs markazi tashkil etilgan. Universitetda International Foundation Programm dasturi mavjud boʻlib, unda bitiruvchilar hamkor universitetlar bakalavriat yoʻnalishining 1-kursiga tayyorlanadi. Toshkent xalqaro taʼlim universiteti Yashnobod Innovation Technopark, Codecraft hamda IT Park kabi respublikadagi ilmiy markazlar bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Shuningdek, Ispaniyaning International school of applied social sciences, Akfa universiteti, Sinagapur menejmentni rivojlantirish instituti, Avstraliyaning Monash universiteti, Finlandiyaning Omnia taʼlim markazi, Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti hamda Toshkentdagi Amity universiteti bilan hamkorlik shartnomasiga ega.

2020
850
Toshkent sh, Yashnobod tumani, Imom al-Buxoriy koʻchasi, Tuzel-2 dahasi.