TEAM universiteti

Tadbirkorlik hamda biznes yoʻnalishlari boʻyicha malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan TEAM universiteti 2020-yilda tashkil etilgan.
Universitetda 500 dan ortiq talaba “Turizm va mehmonxona boshqaruvi”, “Tadbirkorlik va xalqaro biznes”, “Tadbirkorlik va raqamli inno vatsiya” hamda “Tadbirkorlik va marketing” taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olmoqda. Oliygoh oʻz taʼlim dasturini Buyuk Britaniyaning London South Bank University oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan. Universitet bitiruvchilariga nafaqat O‘zbekiston, balki xalqaro mamlakatlarda tan olinadigan diplom beriladi. Shuningdek, universitetning ta’sischi, hamkor va bo‘lajak ish beruvchilari talabalarning o‘qishdagi mu vaffaqiyati, Ijtimoiy fanlar faolligi va iqtidoridan kelib chiqqan holda o‘qish xarajatini to‘liq yoki qisman qoplaydigan grantlar ajratadi. Oliygohdagi dars mashg‘uloti jarayonida talabalar o‘z sohasida mu vaffaqiyatga erishgan tadbirkor, rahbar va yetakchi ekspertlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladi. O‘qishning dastlabki yilidanoq, TEAM universiteti talabalari respublikadagi yetakchi korxonalarda amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻladi. Universitet Kapitalbank, Ground Zero Coworking, Gross, IT park, Korzinka, Hilton, Venkon, PCG hamda Binket Group kabi O‘zbekistonning yirik kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomasiga ega.

2020
500
Toshkent sh, Yashnobod tumani, Temur Malik ko‘chasi, 146.