Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti 2017-yilgacha Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali sifatida faoliyat olib borgan. 2021-yildan boshlab bu filialga Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti nomi berildi va qayta tashkil etildi.
Institutda 3 000 ga yaqin talaba qishloq xoʻjaligining 30 ta yoʻnalishida tahsil olmoqda. Bugungi kunda oliygohda umumiy qiymati 563 mln 456 000 soʻmlik 10 ta ilmiy loyiha, jumladan, 9 ta amaliy va 1 ta innovatsion loyiha ustida 60 nafardan ortiq professor-oʻqituvchi, yosh olim, doktorant, magistr va bakalavr talabalar ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti qoshida akademik litsey, yosh olimlar hamda ustoz-shogird maktabi va bitiruvchilar klubi faoliyat koʻrsatmoqda.

2019
2775
Surxondaryo v, Termiz tumani, Yangiobod mahallasi.