Termiz davlat universiteti

Ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Termiz davlat universitetiga 1992-yilda Termiz pedagogika instituti (1955) negizida asos solingan.
Oliygohda 14 ta fakultet mavjud boʻlib, 60 ta taʼlim yoʻnalishida 26 000 dan ortiq bakalavr hamda magistrlar tayyorlanmoqda. Ularga 550 ga yaqin professor-oʻqituvchi, jumladan, 26 nafar fan doktori, 152 fan nomzodi taʼlim bermoqda. Oliy taʼlim muassasasida 30 dan ortiq ilmiy va oʻquv laboratoriya xonasi va 4 ta kompyuter sinfi mavjud. Internet tarmogʻiga ulangan institut kutubxonasida 300 000 dan ortiq asarlar saqlanadi. Termiz davlat universiteti Rossiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Polsha, Avstriya, Qozogʻiston kabi mamlakatlar oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik hamda memorandumga ega. Xalqaro hamkorlik doirasida Italiya universiteti bilan birgalikda Erasmus+ dasturining “PAWER”, “INTRAS” loyihalari amalga oshirilmoqda. Termiz davlat universiteti qoshida akademik litsey hamda biznes maktabi faoliyat yuritadi.

1992
26395
Termiz sh, Fayzulla Xo‘jayev ko‘chasi, 43-uy, pochta indeksi: 190111