Termiz muhandislik-texnologiya instituti

Termiz muhandislik-texnologiya instituti 2017-yilda ilk bora Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali sifatida oʻz ish faoliyatini boshlagan. 2021-yildan eʼtiboran, u Termiz muhandislik-texnologiya institutiga aylantirildi.
Institutda 42 ta taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlib, 6 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Talabalarga 117 nafarga yaqin professor-oʻqituvchi oʻzbek hamda rus tillarida taʼlim bermoqda. Ulardan 2 nafari fan doktori hisoblanadi. Bundan tashqari, oliygoh qoshida 2 ta texnikum, 1 ta akademik litsey hamda 1 ta poligon faoliyat koʻrsatadi. Termiz muhandislik-texnologiya institutida kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllaridan tashqari, masofaviy taʼlim ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, onlayn taʼlimni sifatli tashkil etish uchun institut 800 mb/sek tezlikdagi internet bilan taʼminlangan. Termiz muhandislik-texnologiya instituti Belorussiya, Rossiya, Qozogʻiston va Ukraina davlatlari oliy taʼlim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻygan. Hozirgi kunda institut respublikadagi umumiy reytingda 40-oʻrinda joylashgan.

2017
5877
Termiz sh, Islom Karimov ko‘chasi, 288A-uy